Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Buloqboshi tumanidagi 1-son texnikumida kasb xunarga o‘qitilayotgan yoshlar bilan davra suxbati bo‘lib o‘tdi.

Buloqboshi tumanidagi 1-son texnikumida kasb xunarga o‘qitilayotgan yoshlar bilan davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Ushrashuvdan ko‘zlangan maqsad, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, psixotrop moddalar iste’mol qilmaslik hamda erta turmushning oldini olish ko‘zda tutilgan.

Tadbirda Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi 33-Mayariq saylov okrugi deputati Jumaqova Dilbarxon hamda tuman mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etib o‘quvchilarga huquqiy va tarbiyaviy tushuntirishlar berilib ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir avvalida o‘quvchilarga huquqbuzarlik – bu qonun talablariga zid bo‘lgan harakat yoki harakatsizlikdir. Jinoyat esa jamiyat va davlat uchun xavfli bo‘lgan, qonunda jazosi belgilangan huquqbuzarlikdir deb tushuntirishlar berildi. 

Uchrashuvda, mutasaddilar tomonidan, bugungi kunda yoshlar jamiyatning eng faol va kelajagini belgilovchi qatlamidir, ularning bilimli, sog‘lom va ma’naviy yetuk bo‘lib voyaga yetishi davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir deb aytib o‘tildi.

Tadbir yakunida yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va turli salbiy holatlarning oldini olish muhimligi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 4