Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Deputat mahallada

 XALQNING MUROJAATI — YECHIM UCHUN ASOS 

Xalq bilan doimiy muloqotda
bo‘lish, ularning dardu tashvishlarini tinglash deputatlik faoliyatining bosh
mezonidir. Shu maqsadda, 5-Mo‘minobod saylov okrugi deputati M.Qurbonova
"Bekobod" MFY saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.
 

Uchrashuv avvalida deputat
tomonidan 2025 yil davomida okrug hududida amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy
soha va infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ijobiy o‘zgarishlar yuzasidan
batafsil ma’lumot berildi.
 

Murojaatlar markazida —
irigatsiya tizimi: Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan
asosan hududdagi irigatsiya tizimini yaxshilash, sug‘orish ariqlarini tozalash
va suv ta’minotini tartibga solish masalasida murojaatlar kelib tushdi.
 

Kelib tushgan murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib,
muammolarni tezkor hal etish maqsadida:
 

Masala yuzasidan Irigatsiya bo‘limi rahbarlariga tegishli yo‘nalishlar
berildi;
 

Murojaatlarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. 

Xalq manfaati — hamma narsadan ustun!  

Slide 1 of 3