Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanidagi “Ijodkor” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi raisi Obloqul Isanov, kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova hamda deputat Asqarali Odilovlar ishtirok etdi

Uchrashuvda Kengash raisi tomonidan Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining faoliyati, deputatlarning asosiy vazifalari, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati haqida saylovchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘llar ta’miri, infratuzilma, ijtimoiy soha hamda kundalik hayot bilan bog‘liq bir qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.

Ta’kidlanganidek, deputatlar tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar, sayyor qabullar, aholi bilan ochiq muloqotlar fuqarolarning muammo va takliflarini tizimli ravishda o‘rganish hamda ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 7