Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Deputet davlat muassasasida

Tashrif davomida deputat muassasaning ishchi-mutaxassislari bilan uchrashib, hududda yer maydonlaridan foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarni oqar suv bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ajratilgan limitlar doirasida bahorgi sho‘r yuvish kampaniyasini samarali tashkil etish hamda ushbu jarayonda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida soha mutaxassislari tomonidan mavjud imkoniyatlar, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni o‘z vaqtida va adolatli taqsimlash masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Deputat esa suv yetkazib berish tizimida uchrayotgan ayrim muammolarni bartaraf etish, xizmat sifatini yanada oshirish hamda aholiga va fermer xo‘jaliklariga suv yetkazib berishni yaxshilash yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi.

Shuningdek, kelgusida suv ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish, bahorgi sho‘r yuvish kampaniyasini samarali tashkil etish hamda suvdan tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1