Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Deputat so‘rovi yuborildi

Joriy yil 2-mart kuni tuman Kengashi deputatlari — Azamat Xudayberdiyev, Alisher Jaynarov hamda Oliya Baxramovalar — tuman markazidagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, mahalla ichki ko‘cha yo‘llari va ko‘p qavatli uylar oldidagi bolalar o‘yingohlari holatini o‘rganish olib borilganda, Ajiniyaz ko‘chasidagi ko‘p qavatli va xizmat uylari yonida barpo etilgan bolalar maydonchasi yaroqsiz ahvolga kelib qolganligi aniqlangan edi.

Shu munosabat bilan deputat O.Baxramova tomonidan tuman Qurilish va uy-joy kommunal bo‘limi boshlig‘i nomiga deputat so‘rovi yuborildi. Unda mazkur bolalar maydonchasini to‘liq ta’mirlash yoki yangidan barpo etish, shuningdek xavfsizlik talablariga muvofiq holga keltirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish so‘ralgan. 

Mazkur masala yuzasidan 10 kun muddatda rasmiy javob taqdim etilishi belgilangan.

Fuqarolar manfaatini ta’minlash va ularning murojaatlarini amaliy hal etish — doimiy e’tiborimizda.

Slide 1 of 2