Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi

Muammo bormi — yechim bo‘lishi shart!

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Abdusamad Bakiyev tomonidan “Bahiriston” mahallasidagi aholi murojaatlari joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mahalla ahlining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar, xususan:

 Transformator punktining quvvati yetmasligi va yuklama bilan ishlashi;

Eskirgan, yaroqsiz holatga kelib qolgan elektr ustunlarini (simyog‘ochlarni) yangilash masalalari ko‘rib chiqildi.

"Saylovchilarimizning yashash sharoitini yaxshilash, ayniqsa, qishki mavsumda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligini ta’minlash — bugungi kunda oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir," — deya ta’kidladi Abdusamad Bakiyev.

Natija nima bo‘ladi?

Aniqlangan muammolar yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi hamda mutasaddi tashkilotlarga tegishli tartibda deputatlik so‘rovi chiqarildi. Ushbu masalaning to‘liq hal etilishi deputat tomonidan qat’iy nazoratga olindi. 

Slide 1 of 1