Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimi va nazorat masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati hamda Guliston shahar Kengashlari deputatlari — N. Qosimova, V. Xasanov, L. Kenjayeva va Q. To‘rayevlar ishtirokida fuqarolar uchrashuvi tashkil etildi. Unda Nurafshon, Yangi hayot, Ahillik mahallalaridan tashrif buyurgan saylovchilar o‘z murojaatlari bilan qatnashdi.

Uchrashuv deputatlik faoliyatining amaliy natijalariga bag‘ishlandi. Xususan, hududlarda aniqlangan tizimli muammolar, ular yuzasidan tashkilot rahbarlari oldiga qo‘yilgan masalalar, ijro intizomi va nazorat ishlari muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan ayrim masalalar yuzasidan takroriy so‘rovlar yuborilgani hamda ijrosi sust kechayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatilgani ta’kidlandi.

Muloqot davomida aholini qiynayotgan bekatlar, yo‘l infratuzilmasi, mahallada kuzatuv kameralari, kadastr, piyodalar yo‘laklari va chiqidilarni olib ketish masalalari ko‘tarildi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul tashkilotlar kesimida aniq topshiriqlar belgilandi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi bildirildi.

Shuningdek, kelgusida hududlarda sayyor qabullar sonini oshirish, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va masalalarni sessiya darajasiga olib chiqish mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tib, aholining ishonchini oqlash va muammolarni tizimli hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifasi ekani qayd etildi.

Slide 1 of 3