Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
18-Talliota saylov okrugi deputati hududda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. Siddiqov Talliota mahallasida bo‘lib, faxriylar va mahalla faollari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Uchrashuvda Ramazon oyining ma’naviy ahamiyati, insonparvarlik va saxovat tamoyillarini amalda namoyon etish masalalari keng muhokama qilindi. Ayniqsa, ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda salomatligi sababli uy sharoitida davolanayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, iftorliklarni sodda va tartibli tashkil etish, ortiqcha dabdabaga yo‘l qo‘ymaslik hamda ajratilgan mablag‘larni ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yo‘naltirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida nuroniylardan ushbu ezgu chaqiriqlarni jamoatchilik orasida, xususan, taroveh namozlarida ham keng targ‘ib qilish orqali mahallada hamjihatlik va mehr-muruvvat muhitini yanada mustahkamlash so‘raldi.

Bizni kuzatib boring:👇

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4