Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari ichimlik suvi taʼminoti masalasini oʻrganmoqda.

Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi va Oʻzbekiston ekologik partiyasi tuman Kengashi tashabbusi bilan tumanda aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi oʻrganilmoqda. "Oʻzsuvtaʼminot" AJ Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani filialining bu borada olib borayotgan ishlari, soha boʻyicha qabul qilingan qonun, qaror va farmonlarning tumandagi ijrosi, aholining ushbu masala yuzasidan eʼtiroz va shikoyatlari, murojaatlarini hal etish maqsadida qilingan ishlar dastlab idorada muhokama qilindi. Deputatlar guruhlarga boʻlingan holda suv bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihalarni joylarga chiqqan holda koʻzdan kechirdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berilmoqda. Oʻrganish ishlari davom etmoqda...

Slide 1 of 8