Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tumani “Jizzax suv taʼminoti” AJ Zomin tuman filialiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

So'rovda, Bog‘ishamol mahallasida o'tkazilgan sayyor qabulda mazkur mahallaning Bog‘i-eram ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan.

Ta’kidlanishicha, mahalla hududi umumiy hisobda ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan bo‘lsa-da, Bog‘i-eram ko‘chasidagi xonadonlar hali ham markazlashgan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanmagan. Natijada ushbu hududlarda yashovchi aholi suv ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur muammoni bartaraf etish, mavjud suv tarmoqlarini kengaytirish hamda ichimlik suvi yetib bormagan ko‘chalarga qo‘shimcha quvurlar tortish orqali murojaatni ijobiy hal qilish choralarini ko'rish so‘ralgan.