Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi 

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati D.Xoliqova “Qorasuv” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni hamkorlikda joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi ko‘magida ajratilgan imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur loyiha orqali aholi bandligini ta’minlash, tomorqalardan samarali foydalanish hamda daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, imtiyozli kredit asosida tashkil qilingan “Milliy pishiriqlar” nomli, turli xil pishiriqlar tayyorlanadigan sex faoliyati ham o‘rganildi. Mazkur ishlab chiqarish sexi mahalla aholisini ish bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Deputat mazkur obyektlar faoliyati bilan tanishib, mavjud masalalar yuzasidan tegishli takliflar berdi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4