Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Karmana tumanida dehqon bozori faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazildi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputatlari, 21- saylov okrugi deputati G. Shermatova hamda 10-Farg‘ona saylov okrugi deputati Sh.Tilyaevlar tomonidan dehqon bozorlarda mahsulot narxlari va assortimentini monitoring qilish, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish, savdo sharoitlari bilan tanishish maqsadida Karmana tumanidagi dehqon bozorida keng qamrovli monitoring ishlari amalga oshirildi.

🔹Monitoring davomida bozordagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navolari va assortimenti tahlil qilindi, sotuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, mahsulotlar sifatini ta’minlash va sanitariya talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, bozor hududidagi laboratoriya faoliyati atroflicha o‘rganilib, oziq-ovqat mahsulotlarini tekshirish jarayonlari — go‘sht va sut mahsulotlarining veterinariya nazorati, sabzavot va mevalarning sanitariya holati, mahsulotlarning xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash tartiblari ko‘rib chiqildi. Mahsulotlarning sifat sertifikatlari, tegishli xulosalar va tekshiruv qaydlari ham tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan fuqarolar va sotuvchilar bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida bozordagi narx-navo, mahsulotlar sifati, laboratoriya tekshiruvlarining samaradorligi hamda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.

O‘rganish natijasida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Jumladan, laboratoriya faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida deputat so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Mazkur masala doimiy nazoratga olingan bo‘lib, aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4