Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son hamda 2025-yil 10-sentyabrdagi PF-163-son Farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Sijjak” mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli N.Maxkamaova va yoshlar yetakchisi Sh.Riskimboyev tomonidan mahallada yoshlar va xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati F.Axmedov tomonidan o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni jamoat hayotiga jalb etish, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, yettinchi bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilayotgan xotin-qizlar, mahalladagi yoshlarning qiziqishlari, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar, shuningdek, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Slide 1 of 1