Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Pastdarg‘omda deputat va faollar ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Pastdarg‘omda deputat va faollar ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21-fevral kuni Pastdarg‘om tumani Guliston va Elbek mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.

✅Qabulda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Bobokulova Inobat, tuman ma'sullaridan Xonbuvi Hayitova va tuman faollari hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi.

✅Jarayon davomida fuqarolardan ko‘plab murojaatlar o‘rganildi, ijtimoiy soha obyektlari ko‘zdan kechirildi. Guliston mahallasidagi 113-maktab binosi holati o‘rganilib, mavjud muammolar aniqlandi va bu masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

✅Mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida maxsus Telegram guruhlari ishga tushirilib, fuqarolar murojaatlarini muntazam o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. Kamabağallik daftariga ro‘yxatga olingan fuqarolar holidan xabar olinib, ularning muammolari ham tegishli tartibda ko‘rib chiqildi.

🌐Firibgarlik jinoyatlarining ko‘payib borayotganini inobatga olib, maktab jamoasi va fuqarolar uchun “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

✅Sayyor qabul yakunida fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha aniq choralar belgilandi va ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

✅@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 8