Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati G. Usmonova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bag‘dod tumani Kengashi raisi A.Abdurahmonov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘. Abdullayevlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi muammolari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

        Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati G. Usmonova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bag‘dod tumani Kengashi raisi A.Abdurahmonov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘. Abdullayevlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi muammolari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

 ️ Tashrif doirasida Bag‘dod tumanidagi Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘iniga borilib, mahalla faollari hamda “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ekologik muhitni yaxshilash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. 

 ️ Shu bilan birga, mahalla hududida joylashgan 45-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mavjud shart-sharoitlar o‘rganildi. Maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, oziq-ovqatlar sifati, sanitariya-gigiyena holati hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi. Muassasa rahbariyati bilan suhbat davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5