Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi kotibiyat mudiri G‘. Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati G‘. Ermatovlar Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

        Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi kotibiyat mudiri G‘. Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati G‘. Ermatovlar Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

   ️ Uchrashuvda hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda obodonlashtirish ishlari bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. “Mahalla yettiligi” tomonidan hududdagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi.

 ️ Shuningdek, tashrif doirasida mahalla va ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga “deputatlik so‘rov” lari yuborildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mahallada ijtimoiy-iqtisodiy holatni yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 6