Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar deputat ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv Hofizrabot mahalla fuqarolar yig'inida, mahalla faollari, profilaktika inspektori, tegishli tashkilotlar vakillari hamda jamoatchilik faollari bilan bo'lib o'tdi.

Muhokama jarayonida hududda kuzatilayotgan jinoyatchilik holatlari, ularning kelib chiqish sabablari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, ishsiz yoshlarni bandlikka jalb etish, ularni foydali mehnatga yo‘naltirish orqali jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish muhimligi ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilish davomida mahallada profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholi bilan muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borish, huquqbuzarliklarga olib keluvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Xususan, mahalla hududida qorong‘u joylarni yoritish, kuzatuv kameralarini o‘rnatish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish kabi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida qonunga hurmat ruhini shakllantirish, har bir fuqaroning jamiyatdagi mas’uliyatini oshirish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasida barcha mutasaddi tashkilotlar o‘zaro hamkorlikda ish olib borishi zarurligi qayd etildi. Deputat tomonidan bildirilgan takliflar asosida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan aniq reja ishlab chiqish, belgilangan vazifalar ijrosini muntazam nazorat qilib borish lozimligi belgilandi.

Slide 1 of 1