Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR HAMDA ERISHILAYOTGAN NATIJALAR DOIMIY E’TIBORDA.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun keng imkoniyatlar yaratish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda tizimli ishlar olib borilmoqda. “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-Nomdanak saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov bolalar va o‘smirlar sport maktabida yosh sportchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda sport infratuzilmasini rivojlantirish, musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlari, sport orqali oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi imtiyozlar hamda professional sportga yo‘naltirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ta’lim va sportni uyg‘un olib borish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, intizom va matonatni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muloqot davomida yoshlar o‘z taklif va muammolarini bildirib, har bir murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun qayd etildi. Deputat yosh sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning yutuqlarini rag‘batlantirish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

Slide 1 of 4