Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

2026-yil 5-fevral kuni Parkent tumanidagi Novdak, Nevich, Yangisanganak, Shanpan va Obod mahallalarida ajrimlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli yarashtirish tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi katta leytenant N.A. Maxkamboeva, shuningdek nuroniylar ishtirok etdilar. Tadbirda tuman Kengash deputati Yoqubova Xusnora Abduxamidovna so‘zga chiqib, ajrim yoqasidagi va notinch oilalar bilan olib borilayotgan tizimli ishlar, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, xususan “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ayniqsa, ajrim yoqasida turgan oilalar bilan alohida suhbatlar tashkil etilib, ularga farzandlar kelajagi va taqdiri, oiladagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, o‘zaro hurmat, mehr-muhabbat hamda sabr-toqatning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida mahallalardan ishtirok etgan oilalarga yarashish va o‘zaro kelishuvga erishishlari uchun muhlat berildi. Ushbu uchrashuv oilaviy totuvlikni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2