Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
DEPUTAT O‘Z SAYLOV OKRUGIDA UCHRASHUVLAR O‘TKAZDI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A.Oripov hamda Oltinsoy tuman Kengashi deputati X.Xujaqulovlar o‘z saylov okrugida joylashgan “Ekraz” va “Olmazor” mahallalarida aholi bilan muloqot qildi.

Uchrashuvlar davomida 24-sonli umumta’lim maktabi, 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbat o‘tkazildi. Mazkur muloqotlarda ta’lim muassasalari faoliyati, infratuzilmani yaxshilash, yoshlar tarbiyasi, shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati