Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
“Yoshlar kuni” munosabati bilan ularning murojaatlari o‘rganildi.

 Bugun yurtimizda keng nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan tuman hokimi F.Bo‘taxonov hamda qator mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda yoshlar uchrashuvi tadbirlari tashkil etildi.Tadbirda yarmarkalar tashkil qilinib tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi va tijorat banklari qatnashdi.Xususan, tuman hokimi rahbarligida yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati B.Maniyazov ham ishtirok etib tuman yoshlari murojaatlari, taklif va tashabbuslarini o‘rgandi.
 

Uchrashuvda tuman Kengashi deputatlari tadbirda bevosita qatnashib, murojaat bilan chiqqan bir qancha yoshlar tomonidan bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar ajratish, uy-joy masalalari, ta’lim va sport sohasiga oid bir qator masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat tuman hokimi va mutasaddi tashkilot
rahbarlari ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
 

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarini rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bildirilgan takliflar asosida tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Tuman hokimi yoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bundan buyon ham ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi. Tadbir yakunida faol va tashabbuskor yoshlar munosib rag‘batlantirildi.  

Slide 1 of 7