Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Norqobilov Shuhrat Ravshanovich tumandagi “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, ish jarayonlarini o‘rgandi.

Deputat "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan 24 tavsiyalar asosida o'rganish o'tkazib, yettilik bilan aholini qiynayotgan kundalik muammolar muhokama qilindi. Yettilikning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha rejalar tuzildi. Mavjud masalalarni qanday tarzda hal etilishi belgilab olindi. Deputat tomonidan mahalla faollari bilan birga ishlash, murojaatlarni nazoratga olish va natijalar haqida aholini xabardor qilib borish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishish davomida ularga parlamentda qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi.

Slide 1 of 3