Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Ayritom mahallasida keng qamrovli nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi: Muammolar o‘rganildi, amaliy yordam ko‘rsatildi

Ayritom mahallasida keng qamrovli nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi: Muammolar o‘rganildi, amaliy yordam ko‘rsatildi

Deputatlik nazorati tadbiri yakunida deputat va mahalla yettiligi vakillari hududlarda mavjud muammolarni bevosita o‘rganib, aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar bilan yaqindan tanishdi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari eshitildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, hududda joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga (DMTT) deputat homiyligida bir tonna sement ajratildi. Ushbu ko‘mak muassasada olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, mahalla yettiligi tomonidan tavsiya etilgan ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Ushbu amaliy yordam ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgani alohida qayd etildi.

Tadbir yakunida hududda ijtimoiy himoya, ta’lim, tibbiyot va obodonlashtirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, aholi bilan ochiq muloqotni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda aniqlangan muammolar va tizimli yechim talab etayotgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot hamda mutasaddilarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi alohida ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4