Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Kengash faoliyati

Kengash faoliyati 

                                                                                                                                                                                                                             Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari hamda viloyat Kengashi deputatlari hamkorlikda Uzun tuman tibbiyot birlashmasida xodimlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Uchrashuv davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud holat, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda sohada uchrayotgan muammolar muhokama qilindi.

Deputatlar o‘z so‘zlarida tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof etib, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ish sharoitlarini yanada yaxshilash masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, birlashma moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlash hamda kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Davra suhbati davomida shifokor va hamshiralar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va muammolarini ochiq bayon qildilar. Xususan, ayrim bo‘limlarda kadrlar yetishmovchiligi, dori-darmon ta’minoti va ish yuklamasi masalalari ko‘tarildi.

Yakunda deputatlar barcha taklif va murojaatlar o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.