Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Deputat R. Jo‘rayeva 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish olib bordi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati R.Jo'rayeva tomonidan 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi faoliyati, xususan sport zalining holati
hamda mavjud sport jihozlari bilan ta'minlanganlik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sport zalining moddiy-texnik bazasi, inventarlar yetarliligi va ularning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sport to‘garaklarining tashkil etilishi, o‘quvchilarning sportga qiziqishini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Deputat tomonidan sport zalini zamonaviy talablar asosida jihozlash, xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda sport anjomlarini yangilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ayniqsa, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni sport musobaqalariga keng jalb etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Maktab rahbariyati bilan suhbat davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Kelgusida sport infratuzilmasini yaxshilash va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur o‘rganish ishlari yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarida sportni rivojlantirish va sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5