Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tumani kengashi Yoshlar maslahat guruhi raisi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 9-fevral kuni viloyat hokimligining majlislar zalida o‘tkazildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 9-fevral kuni viloyat hokimligining majlislar zalida o‘tkazildi. 

 

Sessiya ishini Kengash raisi Sh.Negmatov olib bordi. Sessiya ishida bir qator masalalar ko'rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

✍️Viloyat IIB boshlig‘i T.Aripovning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;

✍️Narpay tumanida 2025-yil davomida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Narpay tumani hokimi A.Boliyevning hisoboti to‘g‘risida

✍️Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri, Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Bulung‘ur tumanlaridagi samarasiz kichik sanoat zonalarini hamda Samarqand shahri va Narpay tumanidagi samarasiz yoshlar sanoat zonalarini tugatish to‘g‘risida;

✍️Viloyatda 2025-yil “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini yaxshilash va ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish hamda ma’qullash haqida;

✍️“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman va mahalla maqomi berilgan tumanlar va mahallalarda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturining asosiy yo‘nalishlari, infratuzilma loyihalari manzilli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida;

✍️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

✍️Viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

va boshqa masalalar

✅ @sam_vil_deputatlari 📹🎥Youtube (https://youtu.be/MbvmPfEfy8w)

Slide 1 of 10