Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Sherobod tumanida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N.Saidova tomonidan “Qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi murojaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📊 Shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

📌 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni tizimli ravishda hal etish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

✅ Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, har bir murojaatni nazoratga olish va amaliy yechimlarni tezkor ta’minlashga kelishib olindi.

🔹 Bunday uchrashuvlar joylarda aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3