Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Deputatlar Paxtakor tumanidagi barpo etilgan uzumchilik bog‘ida bo'lishdi

 Deputatlar Paxtakor tumanidagi barpo etilgan uzumchilik bog‘ida bo'lishdi

Kuni kecha Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi 31-Mingchinor saylov okrugi deputati A.Eshmatov va 4-Chamanzor saylov okrugi tuman Kengashi deputati, hokim X.Abduvoxidov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Samarqand FXHU “Anvar A” fermer xo‘jaligi dala chetlarida tashkil etilayotgan uzumchilik bog‘i bilan tanishdilar.

Tashrif davomida uzumzor barpo etish jarayonlari, agrotexnik tadbirlar, sug‘orish tizimi va kelgusidagi hosildorlik ko‘rsatkichlari muhokama qilindi. Shuningdek, loyiha doirasida yangi ish o‘rinlari yaratish va eksportbop mahsulot yetishtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlarning ushbu tashabbusi hududda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4