Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
🚧 “Qo‘ng‘irot” – “Azamat” yo‘li masalasida rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Rasulov Jamshid G‘ulomovich tomonidan “Qo‘ng‘irot” hamda “Azamat” mahallalarini bog‘lovchi yo‘l yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Ishtixon tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Javobda ma’lum qilinishicha, mazkur yo‘l mahalliy ahamiyatdagi 30v128h (4n-547b) “Qoraqo‘ng‘irot qishlog‘iga kirish” avtomobil yo‘lining bir qismi bo‘lib, umumiy uzunligi 5 km.ni tashkil etadi. O‘rganishlar davomida aynan 1–5 km oralig‘i ta’mirtalab holatda ekani aniqlangan.

Shuningdek:

📌 Yo‘lni 2026-yil “Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash” davlat dasturiga kiritish yuzasidan Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga taklif xati kiritilgan.

📌 Dastur tasdiqlangach, joriy yilning III choragi davomida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Demak, deputatlik so‘rovi asosida muammo rasmiy ravishda ko‘rib chiqildi va yo‘lning ta’mirtalab ekani tasdiqlandi.

Endilikda asosiy masala — dastur tasdiqlanishi va belgilangan muddatlarda sifatli ta’mirlash ishlarining amalga oshirilishidir. Aholi uchun muhim bo‘lgan ushbu yo‘l masalasi deputatlik va jamoatchilik nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 2