Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Oilaviy kelishmovchilikka barham: Qashqar mahallasida bir oila yarashtirildi

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari A.Qurbonov, E.Qurbonov, I. Juraevlar, tuman tadbirkor ayollar uyushmasi raisi M. Aripova, “Kapa” MFY otin oyisi K. Tojiboevalar hamda “Qashqar” MFY raisi va mahalla faol ayoli ishtirokida Qashqar mahallasida yashovchi fuqaroning oilaviy ajrim bo`yicha murojaati atroflicha o`rganildi. Murojaat asosida ishchi guruh fuqaro xonadoniga borib, u bilan birga
yashovchi onasi, shuningdek Xo`jaobod tumanida istiqomat qiluvchi qaynota va qaynonasi bilan alohida suhbatlar o`tkazdi. Suhbatlar davomida oilada yuzaga kelgan kelishmovchilik sabablari muhokama qilinib, o`zaro tushunish va bag`rikenglik muhiti yaratildi.
Tushuntirish va maslahatlar natijasida uzoq vaqtdan buyon ajrim yoqasida turgan yosh oila yarashtirildi. Kelin va ularning farzandi ota bag`riga qaytarilishiga kelishib olindi. Bu kabi ezgu tashabbuslar mahallada ijtimoiy-ma`naviy muhitni yanada barqarorlashtirish, oilalar farovonligini ta`minlash hamda ajrimlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 6