Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tumani kengashi Yoshlar maslahat guruhi raisi
янв.21
Davlatobod tuman Xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Кенгаш ва адлия бўлими ташаббуси билан Гулобод МФЙда ҳуқуқий тарғибот тадбири
янв.21
“Kelajagimiz bo‘lmish – yoshlarimiz tarbiyasiga yangi yondashuv”
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman kengashi 18-ZIYOKOR saylov okrugi deputati faoliyatidan
янв.21
Кенгаш депутатлари: “Маҳалланинг ишбилармон аёли” — амалий қўллаб-қувватлаш намунаси
янв.21
Халқ депутатлари Давлатобод туман Кенгашининг тегишли доимий комиссия аъзолари Вақтинчалик сақлаш ҳибсхонасидаги шарт-шароитлар ўрганилди
Deputat faoliyatidan

Joriy yilning 12-yanvar kuni Konimex tumani "Uchtepa" OFYda tadbir tashkil etilib, tadbirda XDP partiyasi Konimex tumani Kengashi deputati Kanag‘at Dosmurzayeva hamda "Uchtepa" OFY raisi O.Isayevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun mohiyati hamda targ'ibotiga doir aholi bilan uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda so'zga chiqqanlar Prezidentining Murojaatnomasi har bir rahbar uchun dasturli amal vazifasini o'tayotgan muhim hujjat ekanligi, unda aholining farovon, mahallalarimizni obod, xonadonlarimizni fayzli bo'lishi aniq, belgilab berilganligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek, tadbir davomida mahalla, xonadon, oilaning obod va fayzli bo‘lishida xamjihatlik, mehr-oqibat muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta'kidlandi. "Inson o'zgarsa, jamiyat o'zgaradi" shiori ostida o'tkazilgan ushbu tadbirda mahallada yashovchi faol nuroniylar, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Slide 1 of 5