Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tumani kengashi Yoshlar maslahat guruhi raisi
янв.21
Davlatobod tuman Xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Кенгаш ва адлия бўлими ташаббуси билан Гулобод МФЙда ҳуқуқий тарғибот тадбири
янв.21
“Kelajagimiz bo‘lmish – yoshlarimiz tarbiyasiga yangi yondashuv”
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman kengashi 18-ZIYOKOR saylov okrugi deputati faoliyatidan
янв.21
Кенгаш депутатлари: “Маҳалланинг ишбилармон аёли” — амалий қўллаб-қувватлаш намунаси
янв.21
Халқ депутатлари Давлатобод туман Кенгашининг тегишли доимий комиссия аъзолари Вақтинчалик сақлаш ҳибсхонасидаги шарт-шароитлар ўрганилди
Oliy Majlis Senatida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari yakunlanmoqda.

 Ushbu seminarlar mahalliy darajada boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yangi yondashuvlarni joriy etish, Kengashlar faoliyatining natijadorligini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etishda tizimli rejalashtirish va tahlilga tayangan ish uslublarini shakllantirishga qaratilgan. 

Mashg‘ulotlar jarayonida tinglovchilar hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, bu borada o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda. 

Shuningdek, Kengashlarda deputatlik so‘rovlari bilan ishlash, ijro intizomiga rioya qilish, mahalliy hokimiyat ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

O‘quv seminarlari doirasida raqamli tahlil vositalari orqali muammolarni aniqlash, aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish, maʼlumotlar asosida qaror qabul qilish hamda natijadorlikni baholash ko‘nikmalari ham mustahkamlanmoqda. 

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tinglovchilarga murojaat qilib, mahalliy rahbarlarning faoliyatida tashabbuskorlik, shaxsiy javobgarlik va aholi bilan doimiy muloqot muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shuningdek, har bir qabul qilinayotgan qaror joylarda ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishi, deputatlar va hokimlar o‘z faoliyatida qonuniylik, adolat va ochiqlik tamoyillariga qatʼiy amal qilishi zarurligi qayd etildi. 

Seminarlar yakunida ishtirokchilar joylardagi muammolarni aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish, aholi bilan ishlashda samarali mexanizmlarni qo‘llash hamda qabul qilingan qarorlarning ijrosini taʼminlash bo‘yicha amaliy bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
  

Slide 1 of 14