Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
UCH AVLOD VAKILLARI UCHRASHDILAR

Yoshlarda Vatanga sadoqat hissini uyg‘otish, amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishishlarida keksa avlod vakillari bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarning ahamiyati katta. Albatta, bu kabi uchrashuvlarda bugungi tinch va osuda kunlarga shukronalik, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish lozimligi ta’kidlanadi.

️Bugun shahrimizning “Yakkabog‘” mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabida shahar hokimligi, “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi tomonidan tashkil qilingan “Uch avlod uchrashuvi” ham mazmunli bo‘ldi.  

️Qizg‘in kechgan suhbat davomida keksa va o‘rta avlod vakillari yoshlarga o‘z fikrlarini bildirishdi. O‘quvchilar ham so‘zga chiqib, yoshlarga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdilar va albatta, kelgusida bunga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishlari lozimligini bildirdilar.

Shuningdek tadbir yakunida shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Slide 1 of 7