Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
янв.21
Tomorqadan samarali foydalanish to'g'risida
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi

Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashi deputati Axmedova Dilbar Maxmudovna o'zi saylangan O'zbekiston saylov okrugida tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Har bir muvaffaqiyatli ish ortida katta orzular va tinimsiz mehnat yotadi. Tadbirkorlar – bu faqat foyda izlovchilar emas, balki jamiyat muammolariga yechim topuvchilardir.

Bugun kichik bir qadam – ertangi katta o‘zgarishning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Yurtboshimiz tarafidan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.   

 Bugungi kunda mamlakatimizda tayyor kiyim kechak, charm-attorlik
mahsulotlari va poyabzal ishlab chiqaradigan 4 mingdan ziyod korxona bor.
 

  

Lekin ularni aholiga tanitib, keng tanlov imkonini beradigan,
milliy mahsulotlar bir joyda sotiladigan savdo markazlari yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
 

  

Shu bois, faqat milliy mahsulotlar sotiladigan “Mall
of Uzbekistan” yirik savdo markazlari ishga tushiriladi. Bu yerdagi savdo do‘konlari
tadbirkorlarga minimal narxda ijaraga beriladi.
 

  

Ishchilarining 15 foizi ehtiyojmand oiladan bo‘lgan to‘qimachilik
va charm-poyabzal korxonalariga foyda solig‘i 2 foiz, ijtimoiy soliq 1 foiz etib
belgilangan.
 

  

Endilikda to‘qimachilik va charm korxonalariga ehtiyojmand
odamlarni ishga olish bo‘yicha 15 foizli me’yor 2 barobar kamaytiriladi. Bundan
buyon imtiyoz olish uchun korxonada ehtiyojmand odamlar bilan birga nogironligi
bor ishchilar ham hisobga olinishi targ'ibot va tashviqot tadbirida deputat tarafidan aytib o'tildi.
 

 

 

Slide 1 of 8