Yangiliklar

Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi

   Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi

✅ Joriy yilning 19-22-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrif buyurdilar. Ushbu tashrif menda kelajakka bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi mamlakatimizning tashqi siyosatdagi ochiqlik va pragmatizmga asoslangan yangi bosqichini namoyon etdi. Bu tashriflar O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan strategik hamkorligini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 19–21 may kunlari Vengriyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar "kengaytirilgan strategik sheriklik" darajasiga ko‘tarildi. Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida 16 ta muhim hujjat, jumladan, sanoat kooperatsiyasi, ilm-fan va texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni nazarda tutuvchi kelishuvlar imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniyaga amalga oshirgan rasmiy tashriflari mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirdi, Yevropa davlatlari bilan strategik hamkorlikni mustahkamladi va ta’lim, ilm-fan, madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga katta turtki berdi.

 Yuqorida ta’kidlangan chora-tadbirlarni qat’iy va samarali amalga oshirish, mamlakatimiz ta’lim tizimini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirish hamda hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda qilinayotgan ishlarni to'liq qo'llab quvvatlayman va bu kabi tashriflar men uchun oddiy rasmiy uchrashuvlar emas, balki yurtimizning ertangi kunini yoritib beruvchi muhim qadamlardir.

Xalq deputatlariChiroqchi tumani Kengashi deputati F.Yusupov