Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
Marg‘ilon shahrida ekologiya sohasida o‘quvchilarni bilimlarini oshirish va ekologik qonunchilikni o‘rganishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

 “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” tanlovi Marg‘ilon shahar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Ekologik partiyasi Marg‘ilon shahar Kengashi va Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan shahar Kengashiga saylangan deputatlar ham ishtirok etib, o‘z bilim va fikrlari bilan ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatladilar. 

Tanlovning maqsadi yosh avlodning ekologik bilimlarini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliy faoliyatga tatbiq etishdir. Tanlovda qatnashgan tabiat himoyachilari o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etib, to‘rtta muhim shart bo‘yicha bellashdilar. Har bir jamoa ekologiya qonunlari, ularning ahamiyati va atrof-muhitni asrashga qaratilgan yondoshuvlar haqida bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. 

Shuningdek, tanlovni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida, Farg‘ona davlat universiteti va CAMU xususiy tibbiyot universiteti o‘qituvchi professorlari hamda Marg‘ilon shahar birinchi va ikkinchi tibbiyot texnikumi o‘qituvchilaridan iborat hay’at a’zolari shakllantirildi. Bu yo‘nalishdagi ekspertlar tanlovni mustaqil va ob’ektiv baholash, ishtirokchilarning bilimlarini aniq, adolatli baholashni ta’minladilar. 

Sektor bosqichlarida ishtirok etgan jamoalar orasida quyidagi natijalar qayd etildi: 

1-sektor hududidan 19-maktab, 2-sektor hududidan 11-maktab, 3-sektor hududidan 16-maktab, 4-sektor hududidan 1-IDUM jamoalari g‘olib bo‘ldi. 

Tanlovning o‘tkazilish maqsadi nafaqat ekologik bilimlarni oshirish, balki yoshlarning ekologik mas’uliyatini anglatishdir. Yoshlar, shu bilan birga, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilikni chuqur o‘rganib, uni amaliyotda qo‘llashni o‘rganishdi. Bu kabi tadbirlar ekologik bilimlarni kengaytirish va atrof-muhitni himoya qilishga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytiradi. O‘zbekistonning ekologik qonunlari va ularni amaliyotda tatbiq etish haqida yoshlarni o‘qitish bugungi kunda juda muhim, chunki faqat bilimli avlod tabiatni muhofaza qilishning samarali yo‘llarini topa oladi. Shu sababli, bunday tanlovlar ekologik ta’limning ajralmas qismiga aylanishi kerak. Bu jarayon orqali yoshlar faqat o‘z bilimlarini oshirib qolmay, balki kelajakda ekologik mas’uliyatli fuqaro bo‘lib ulg‘ayishlari uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 

Slide 1 of 6