Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
CHINOZ TUMANI. Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining oltinchi sessiya

Sessiya ishida tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abduvoxid Turdiboyev raislik qildi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

1. 2025-yilda Chinoz tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. Tumanda 2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida.

3. Tumanda 2025-yilda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida.

4. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va aniqlangan muammolarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

5. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Abdumajid Sadirov, Farxod Ibragimov, Xikmatilla Xafizov, Olimjon Isoqov, Davron Teshabayev, Elyorjon Saidov so‘zga chiqib, hisoboti eshitilgan rahbarlarga o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Kengash qarorlarining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov

Slide 1 of 13