Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
CHINOZ TUMANI.MAHALLIY SANOAT – IQTISODIYOT POYDEVORI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun eng ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy xomashyodan foydalangan holda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, importga qaramlikni kamaytirish orqali valyuta tejamkorligini ta’minlash, har bir hududda “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish, viloyatlar, shahar va tumanlar kesimida sanoat salohiyatini baholash, har bir hudud uchun individual yondashuv asosida yangi loyihalarni shakllantirish, kichik va o‘rta biznes (KO‘B) subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, kichik va o‘rta biznes uchun yer uchastkalari, imtiyozli kreditlar va texnologiyalarga ega bo‘lish imkonini yaratish, infratuzilma va logistika imkoniyatlarini yaxshilash, industrial zonalarda energiya, suv, transport va internet bilan ta’minlash, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga chiqarishni yengillashtirish haqida fikr yuritildi.

Bundan tashqari innovatsiya va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish, yangi texnologiyalarni jalb qilish orqali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportbop sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va jahon bozorlarida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, eksportchi korxonalarni moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ham mahalliy sanoatni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.

 Surayyo Axmedova,

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati.
 

Slide 1 of 1