Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
Zomin tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 50 yilligini nishonladi

Zomin tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida muhim sanaga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi — ta’lim maskani tashkil topganining 50 yillik yubileyi keng nishonlandi.

Mazkur maktab 1975-yilda tashkil etilgan bo‘lib, oradan o‘tgan yarim asr davomida yuzlab o‘quvchilarga bilim va tarbiya berib, jamiyatimizga yetuk mutaxassislar, olimlar, ustozlar va turli soha vakillarini yetkazib berdi. Maktab bugungi kunda ham o‘z faoliyatini zamon talablari asosida davom ettirib, zamonaviy o‘quvchilar avlodini kamolga yetkazmoqda.

Yubiley tadbirida maktab tarixiga oid esdaliklar, fotosuratlar va yutuqlar aks ettirilgan maxsus ko‘rgazma tashkil etildi. Shuningdek, maktabning faxriy ustozlari, nuroniylar, ilgari bu dargohda tahsil olgan bitiruvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi O‘rol Oqqulov so‘zga chiqib, maktab tarixiga nazar tashlab, bu maskan qanchadan-qancha izlanuvchan yoshlarga bilim va tarbiya bergani, bu yutuqlarda fidoyi ustozlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. U maktabda o‘tkazilgan yillarini iliq xotiralar bilan esladi.

Bayramona tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari mehmonlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida faxriy ustozlarga esdalik sovg‘alari topshirildi, bitiruvchilar o‘z ustozlariga chuqur minnatdorlik bildirishdi.

Bu kabi tadbirlar maktab tarixini e’zozlash, yosh avlodga namunaviy ustozlar va o‘z maktabi bilan faxrlanish tuyg‘usini singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7