Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
Uch avlod uchrashuvi

 Urganch shahridagi 6-sonli umta’lim maktabida hududda faoliyat olib borayotgan xalq vakillari, keksa-nuroniylari, faol yigit-qizlari va faollariniham jamlagan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Jumaniyozova hamda yoshi ulug‘ otaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat
nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.

El-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.

Shahrimizning keksa-nuroniylari, faol yigit-qizlari, turli millatlar vakillari ishtirokida o‘tgan anjumanda so‘z olganlar uch avlod uchrashuvi mazmun-mohiyati, katta avlod vakillarining bosib o‘tgan yo‘li yoshlarga doimo ibrat bo‘lishi zarurligini tilga oldilar.

Shaharda turli mas’ul lavozimlarda fidokorona mehnat qilgan, bugun keksalik gashtini surayotgan faxriylar nomlari birma-bir sanab o‘tildi. Ayni paytda bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy hayotda faol va tashabbuskorbo‘layotgan yoshlar ismlari tilga olindi.

Ona O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir musht bo‘lib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib, yashash, mehnat qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekani bir ovozdan baralla yangradi

  

  

   

Slide 1 of 1