Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
Sessiyadan oldin o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH VA EHTIYOJMAND OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
📌 Chinoz tumanida barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.
янв.21
Sutbuloq mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

 2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.

🔹 Mazkur masala yuzasidan Olmazor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Mirzaaxmatov Abduqaxxor Mirahmadovich hisobot berdi.

📑 Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 39, 40 va 41-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga muvofiq, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam soni xalq deputatlari tuman Kengashi qarori bilan belgilanadi.

📊 2027-yil uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

🔹 “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish majburiyati mavjud tashkilotlarning manzilli ro‘yxati shakllantirildi va ish beruvchilarning shaxsiy kabinetlariga tegishli xabarnomalar yuborildi.

🔹 Ish beruvchilar tomonidan kelgusi yil uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari soni belgilandi. 1-sentabrga qadar kiritilgan ma’lumotlar asosida 15-sentabrga qadar tasdiqlangan reja-takliflar qabul qilindi.

🔹 Kelib tushgan takliflar “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali umumlashtirilib, tashkilotlar kesimida tahlil qilindi. Shuningdek, manzilli ro‘yxatning to‘liqligi hamda ish o‘rinlarining ijtimoiy ehtiyojmand toifalar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanganligi tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda o‘rganildi.

✅ Mazkur ishlar aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish hamda ish beruvchilarning bu boradagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 5