🗓 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🤝 Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi va a’zolari, shuningdek, ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi.
📋 Kun tartibidagi asosiy masala — Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning III choragi yakunlari bo‘yicha o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔎 Muhokama davomida deputatlarning saylovchilar bilan muloqotini tizimli tashkil etish, aholi oldidagi hisobdorligini oshirish hamda saylovchilarni deputatlik faoliyati natijalari haqida muntazam xabardor qilib borish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Kun tartibidagi masala yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, deputatlarning saylovchilar oldida axborot berish jarayonini belgilangan reja-jadval asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.