Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zXDP partiyasidan 13-Ko'tarma saylov okrugidan saylangan deputat Farxod Ibragimov tomonidan Kengash ish rjasiga muvofiq, tumandagi “Ko'tarma” mahallasi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarning tungi yoritilish darajasi hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash tizimini yaxshilash yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriq va tavsiyalar berildi.