Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiyadan oldin o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH VA EHTIYOJMAND OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
📌 Chinoz tumanida barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.
янв.21
Sutbuloq mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston” qiyofasini shakllantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
MAHALLA MUAMMOLARINI HAL ETISHDA HAMKORLIK VA HAMJIHATLIK MUHIM
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
Kengash_faoliyati

#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

"Obod yurt" mahallasida O‘RQ-406 Qonun ijrosi va Yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi!

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan izchil nazorat qilib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov  Kengashning 11-"Bag'rikeng" saylov okrugi deputati J.Abdinazarov okrugiga qarashli “Bag'rikeng” mahallasida bo‘lib, mahalladagi Yoshlar yetakchisining bugungi kundagi faoliyatini tahliliy ko‘rib chiqdi.

✅O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunida mahalladagi yoshlar bilan “xonadonbay” ishlash tizimini yanada kuchaytirish, “Yoshlar daftari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunar va daromadli mehnatga jalb etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, natijani ko‘rish va amaliy yechimga erishish demakdir.

Slide 1 of 1