Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
Sessiyadan oldin o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH VA EHTIYOJMAND OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
📌 Chinoz tumanida barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.
янв.21
Sutbuloq mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 11-sonli DMTTda ta’lim-tarbiya va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi

Bandixon tumanida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish hamda sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.Xalmatov tumandagi 11-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda mahalliy vakillik organlariga biriktirilgan 162 ta Qonunlar ijrosini nazorat qilish doirasida o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida ta’lim-tarbiya jarayonlarining metodik ta’minoti, bolalarning kunlik ozuqa ratsioni va taomlar sifati, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik me’yorlari hamda muassasaning bo‘lajak kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, isitish tizimlarining sozligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan bog‘cha rahbariyatiga tegishli amaliy va uslubiy ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi tuman Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 1