Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiyadan oldin o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH VA EHTIYOJMAND OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
📌 Chinoz tumanida barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.
янв.21
Sutbuloq mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston” qiyofasini shakllantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
MAHALLA MUAMMOLARINI HAL ETISHDA HAMKORLIK VA HAMJIHATLIK MUHIM
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B. Usmanov tomonidan 17-“Marg‘ilon darvozasi” saylov okrugi hududidagi “Marg‘ilon darvozasi” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim N. Normatova faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda zarur ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Marg‘ilon darvozasi” mahallasida 113 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Shuningdek, mahallada jami 106 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qiladi. Ularning 33 nafari I guruh, 46 nafari II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, 12 nafari esa bolalikdan nogironligi bo‘lgan fuqarolardir.

️O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash, ularga zarur yordamlarni tashkil etish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Bunday o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mahallalarda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3