Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
Sessiyadan oldin o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH VA EHTIYOJMAND OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
📌 Chinoz tumanida barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.
янв.21
Sutbuloq mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Z.Prxonova, tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi raisi Z.To‘rayev hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bag‘dod tuman Kengashi raisi A.Abdurahmonov ishtirokida 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonuni ijrosini o‘rganish bo‘yicha belgilangan savolnoma asosida tashkil etildi.

📖 Mazkur Qonun ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, fuqarolarning ta’lim olish huquqini kafolatlash, ta’lim tizimining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash hamda ta’lim sifatini oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Jumladan, Qonunning 4-moddasida ta’lim sohasining asosiy prinsiplari, xususan, ta’lim ustuvorligi, ta’lim olishda teng imkoniyatlarni ta’minlash, ta’lim va tarbiyaning uzluksizligi, pedagoglarni ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, ta’lim faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari belgilangan.

Shuningdek, 5-moddada har kimga jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanishi nazarda tutilgan. Qonunning 9-moddasida esa umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, bosqichlari hamda o‘quvchilarda zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga doir talablar belgilangan.

📌 O‘rganish davomida mazkur qonun talablari asosida maktab faoliyatiga oid masalalar belgilangan savolnoma bo‘yicha ko‘rib chiqildi. Jumladan, umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi, pedagoglar faoliyati hamda ta’lim sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, ta’lim muassasasi faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.

✅ O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, ta’lim muassasalari faoliyatida qonuniylik va samaradorlikni oshirish, mavjud masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etishga ko‘maklashishdan iborat.

Yakunida o‘rganish natijalarini tahlil qilish, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning ijrosi bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 4