Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA: MEHNAT YARMARKASIDA YANGI IMKONIYATLAR

YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA: MEHNAT YARMARKASIDA YANGI IMKONIYATLAR

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida Yoshlar kuni doirasida Namangan shahar soliq inspeksiyasida uyushmagan yoshlar va maktab bitiruvchilari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda 500 nafarga yaqin yosh ishtirok etib, turli tashkilot va korxonalardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari hamda mehnat faoliyatini boshlash imkoniyatlari bilan tanishdi. Mutasaddilar tomonidan yoshlarga ishga joylashish tartibi, ish beruvchilar bilan muloqot qilish va o‘z qiziqishlariga mos kasbni tanlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Mehnat yarmarkasi yoshlar va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita muloqot o‘rnatиш, mavjud vakant ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi. Quvonarlisi, tadbir o‘tkazilgan kunning o‘zida 17 nafar yoshning ish bilan ta’minlanishiga erishildi.

Tadbirda xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi A. Kamalov, Namangan viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh. Imomov hamda shahar prokurori 

Q. Asqarov ishtirok etdi.

Mazkur tashabbus yoshlar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbaiga ega bo‘lishi va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan amaliy ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-son “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni aholi bandligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Yoshlarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish ushbu qonunning maqsad va vazifalari bilan uzviy bog‘liq.

Yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan bunday tadbirlar mehnat bozorida yangi imkoniyatlar yaratish, yoshlarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish va ularni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5