Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI

AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda xalq deputati O. Yusupov tomonidan shahar hududida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan muloqot qilinib, hududdagi mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi. 

Aniqlangan kamchiliklarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, fuqarolar murojaatlarini manzilli hal qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur ishlar mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar, xususan, saylovchilar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish va hududdagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan vazifalar ijrosi bilan hamohangdir.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish masalalari yuzasidan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-474-son Qonun talablari e’tiborga olindi.

Joylarda aniqlangan muammolarni tizimli ravishda o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini nazorat qilish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Slide 1 of 6