Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI MUHOKAMA QILINDI

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasining 

2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati muhokama qilindi.

Hisobotga ko‘ra, 2026-yilning 9 oyida shaharda 772 ta jinoyat qayd etilgan. Shu bilan birga, o‘g‘rilik jinoyatlari 10,2 foizga, bezorilik 

21,1 foizga, oilaviy-maishiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar esa 

50 foizga kamaygan. Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar sonida ham pasayish kuzatilgan.

Muhokama davomida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, ayrim turdagi jinoyatlar soni ortgani qayd etilib, ularning sabablarini chuqur o‘rganish va profilaktik choralarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Doimiy komissiya tomonidan deputatlik nazorati doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tizimli nazorat olib borish muhimligi qayd etildi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

Slide 1 of 1